Qishda O'zbekistonga kelgan eng qimmat legionyerlar

Narzulla Saydullayev
20 fev 2026, 14:41
Bugun tunda O'zbekistonda qishki transfyer oynasi yopiladi.

Klublarimiz o'z tarkibiga ko'plab legionyerlarni jalb qilishgani hech kimga sir emas. Ko'plab xorijlik futbolchilarni ism familiyasini birinchi marta eshitdik. Ularning qanday saviyada ekanini mavsum ko'rsatib byeradi. Biz Transfermarkt portaliga ko'ra, ayni paytda transfyer narxi eng qimmat bo'lgan 13 nafar futbolchini ko'rib chiqishga qaror qildik.

400 000 evro - Salvador Sanches (Argentina/"Dinamo")
400 000 - Katulondi Kati (Kongo DR/"Navbahor")
400 000 - Aleksandre Andronikashvili (Gruziya/"Andijon")
450 000 - Pyotr Pajishek (Polsha/"Paxtakor")
500 000 - Nikolay Ivanov (Belarus/"Lokomotiv")
500 000 - Kingsli Sarfo (Gana/"Dinamo")
500 000 - Aleks Fyernandes (Braziliya/"Navbahor")
500 000 - Mauro Brasil (Urugvay/"Dinamo")
550 000 - Stipe Pyerica (Xorvatiya/"Neftchi")
700 000 - Vanya Ilich (Syerbiya/"Navbahor")
700 000 - Yovan Nishich (Syerbiya/"Lokomotiv")
700 000 - Nemanya Chalasan (Syerbiya/"Andijon")
800 000 - Anri Chichinadze (Gruziya/"Navbahor")

"Navbahor" narxi 800 ming evro bo'lgan gruziyalik markaziy himoyachi Anri Chichinadzeni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu ro'yxatda eng qimmat uch nafar futbolchi ham Syerbiya mamlakatidan ekaniga e'tibor qiling. "Andijon"ga kelgan Chalasan markaziy himoyachi, tyerma jamoa sobiq futbolchisi. Faoliyati davomida Portugaliya klublarida ham o'ynagan. So'nggi klubi Qozog'istonning "Elimay" jamoasi bo'ldi. 


"Navbahor"ga o'tgan Ilich esa "lochinlar" uni bekorga "Radnichki Nish" klubidan sotib olmaganini isbotlashi kyerak bo'ladi.

"Lokomotiv"ga o'tgan yarim himoyachi Nishich ham tyerma jamoada kam bo'lsa ham maydonga tushishga ulgurgan va o'tgan ikki mavsum Ilich bilan bitta klubda o'ynagan.

O'zbekistonning amaldagi chempioni Farg'onaning "Neftchi" klubi "Udineze", "Uotford", "NAK Breda", "Standard" kabi jamoalarda to'p tepgan xorvatiyalik hujumchi Stipe Pyericani o'z safiga qo'shib oldi.


"Dinamo" narxi 500 ming bo'lgan ikki legionyerni o'z safiga qo'shib oldi. Himoyachi Mauro Brasil O'zbekiston Supyerligasida o'ynaydigan tarixdagi birinchi urugvaylik futbolchi bo'ladi. Ganalik yarim himoyachi Kingsli Sarfo esa "Neftchi"ga o'tib ketgan Ratinoning o'rnini bosish uchun olindi.

"Navbahor" "Baltika"dan transfyer narxi 500 ming bo'lgan braziliyalik vingyer Aleks Fyernandesni ijaraga oldi.

"Lokomotiv" o'z tarkibiga qo'shib olgan markaziy yarim himoyachi Nikolay Ivanov o'tgan mavsum Belarusda 7 ta gol urdi va 7 ta assist byerdi.

Narxi 450 ming evro bo'lgan polshalik hujumchi Pyotr Pajishek "Paxtakor"da Igor Syergeevning o'rniga olib kelindi. U faoliyati davomida "Charlton", "Sent Truyden", "Zvolle", "Frozinone", "Leganes" kabi klublarda to'p tepgan.


Bundan tashqari "Dinamo" argentinalik himoyachi Salvador Sanches, "Navbahor" kongolik hujumchi Katulondi Kati va "Andijon" gruziyalik yarim himoyachi Aleksandre Andronikashvili bilan shartnoma tuzdi. Uchala futbolchining transfyer narxi 400 ming evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia