Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov: "Yanada kuchli bo'lishimiz kerak"

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2025, 09:30
Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov O'mon bilan o'yin va klubi haqida gapirdi.

"O'mon bilan yaxshi o'yin o'tkazdik, vaziyatlarimiz bo'ldi, gollar urdik. Hakam bilmadim nima qildi, hech qanday fol yo'q edi. Kojo bilan yuz bergan vaziyatda ham qo'li pastda turgandi.

Alamli mag'lubiyat bo'ldi, o'zimiz ham vaziyatlardan foydalana olmadik. O'yindan-o'yinga o'sib boryapmiz. Yanada kuchli bo'lishimiz kerak. 

Maydon holati ham pas o'ynashga to'sqinlik qildi, shunga qaramay o'yinni nazorat qildik. 

"Bunyodkor"dagi paytlarimni eslab turaman, hozir ham kuzataman. Bu jamoa o'sishimga yordam bergan. Hozir esa Vetnam chempionatida o'ynamoqdaman. Bu yerda ham yaxshi legionerlar bor",- deydi Odil Abdurahmonov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Chаmpionat.asia