Qatarning Al-Jayish klubi Andre Ayyuga yiliga 3,5 mln evro maosh taklif qilmoqda

Narzulla Saydullayev
9 sen 2014, 11:19
Marsel yarim himoyachisi Andre Ayyu faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin.
Mahalliy Al-Jayish klubi 24 yoshli Gana terma jamoasi a'zosi bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi va unga yiliga 3,5 million evro maosh bermoqchi, deb xabar bermoqda Sportmediaset nashri.

Qatarda transfer oynasi 22 sentyabrda yopiladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Al-Jayish Barselona yarim himoyachisi Xavini sotib olmoqchi edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru