Qatar Kubogi. Rashidov jamoasi “Al Sadd” bilan uchrashdi va g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi

Eldor Akmurzayev
15 fev 2020, 21:05
Qatar Kubogining chorak finalidan o'rin olgan “Qatar SK” hamda “Al Sadd” o'rtasidagi bahs o'z yakuniga etdi.

Bahsning ilk taymida hisob ochilmadi. 2-bo'lim boshida “Al Sadd” himoyachisi Hamid Ismoil raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoadoshlarini oldinga olib chiqdi. 

79-daqiqada esa “Qatar SK”ning braziliyalik legioneri Kayke penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi va asosiy bo'limda g'olib aniqlanmadi. 

O'yindan keyingi futbol lotereyasida “Al Sadd” omadliroq chiqdi - 5:4.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Sardor Rashidov esa penaltilar seriyasida “Qatar SK”ning ilk zarbasini berib, raqib darvozabonini dog'da qoldirgan.

Qatar Kubogi. 1/4 final.

"Suxeym Bin Xamad" o'yingohi

"Qatar SK" - "Al Sadd" 1:1 (0:0, 1:1, pen. 4:5)

Gollar: Ismoil 62, Kayke 79

Chetlatish: Holid Muborak

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia