Qatar Yevropaga "o'tganidan" beri qanday o'ynayapti?

Xayrulla Xoliqov
11 noya 2021, 13:04
Ma'lumki, Qatar terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan beri faqat Yevropa jamoalari bilan o'ynab kelyapti.

Qatar saralashning "A" guruhidan joy egallagan va o'z o'yinlarini o'rtoqlik sifatida, yani konkursdan tashqari o'tkazmoqda. Shunda bu guruhda jahon chempionatiga borish uchun 5ta jamoa kurashyapti: Serbiya, Portugaliya, Lyuksemburg, Irlandiya va Ozarbayjon. 

Ma'lumki, Qatar yozda "Gold Cup" musobaqasida ishtirok etdi. Sentyabrdan boshlab esa faqat o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashyapti. Feliks Sanches shogirdlari hozircha 5ta o'yin o'tkazib, 4 bor mag'lub bo'ldi va bir marta durang o'ynadi. 

1 sentyabr. Qatar - Serbiya 0:4

4 sentyabr. Qatar - Portugaliya 1:3

7 sentyabr. Lyuksemburg - Qatar 1:1

10 oktyabr. Portugaliya - Qatar 3:0 

12 oktyabr. Irlandiya - Qatar 4:0 

Ko'rib turganingizdek, durang autsayder Lyuksemburg bilan qo'lga kiritilgan. Qolgan o'yinlarda esa faqat mag'lubiyat kuzatildi. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi Qatar oxirgi yillarda ancha kuchayganini bilamiz. Lekin Yevropa baribir boshqa daraja. Buni Qatarning Serbiya va Irlandiyaga 0:4 hisoblarida yutqazgani hamda Portugaliyadan har ikkala o'yinda 3tadan gol o'tkazib yuborgani aytib turibdi. 

JCH-2022 mezboni shu oyning ichida yana 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bugun Qatar ikkinchi bor Serbiya bilan o'ynaydi.

11 noyabr. Serbiya - Qatar

15 noyabr. Ozarbayjon - Qatar

30 noyabr. Qatar - Bahrayn

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia