Qatar 10 yildan so'ng O'zbekistonga gol urdi

Iskandarov Abdulaziz
3 fev 2024, 21:15
Ayni paytda Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan Qatar - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

O'yinning 27-daqiqasida Xaydos O'zbekiston darvozasini ishg'ol qildi. Yakunda gol O'tkir Yusupovga avtogol sifatida yozildi. Shu tariqa Qatar 10 yildan so'ng O'zbekiston darvozasiga yo'l topdi. Ular so'nggi bor 2014 yil o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz darvozabonini ranjitgan va 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'shanda gollardan biriga hozir ham to'p tepayotgan Xasan Al Xaydos mualliflik qilgan edi. Keyingi 3ta o'yinda O'zbekiston ikki bor 1:0 va bir marotaba 2:0 natijasida raqibidan ustun kelgan. 

O'rtoqlik uchrashuvi. 

Qatar - O'zbekiston 3:0

Gollar: Sebastyan Soria Kuintana 18, Xasan Al Xaydos 43, Meshal Abdulla 67

Osiyo kubogi. Qatar - O'zbekiston (Matnli translyatsiya)

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia