Qarshi futbol akademiyasida tadbir o'tkazildi + FOTO

Aziz Tukhtamuradov
3 dek 2019, 20:19
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Har yili yong'in xavfsizligi oyligini o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda noyabr-dekbar oylari davomida yong'inga qarshi kurash va uning odini olishga oid chora-tadbirlari o'tkaziladi.

Bundan ko'zlangan maqsad, yurtimiz hududida ob-havoning keskin sovub ketishi va qish boshlanishi oldidan yong'inlarni oldini olish hamda yong'in va is gazidan xafsizlikni taminlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, korxona va tashkilotlarda, talim muassasalarida, mahallalarda aholi o'rtasida keng ko'lamli targ'ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida Qarshi shahar yong'in  xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda akademiya tarbiyalanuvchilari o'rtasida yong'in xavfsizligi va is gazining salbiy oqibatlari xususida nazariy va amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi. 

Tadbirda Qarshi shahar yong'in xavfsiziligi boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Mashrab Ahmedov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarida yong'inlarning oldin olish bo'yicha, is gazining paydo bo'lishi, uning salbiy oqibatlarini oldini olish, is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko'rsatish holatlari to'g'risida zarur profilaktik chora-tadbirlar ko'rish yuzasidan foydali ma'lumotlarni aytib o'tdi. Shuningdek, yong'in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tasis etilgan yong'inga qarshi chora-tadbirlar to'g'risda chop etilgan  kitoblar o'quvchilarga taqdim etildi.

Tadbir so'ngida sportchi-o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Shavkat RO'ZIEV, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining manaviyat-marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia