Pyontek "Milan"dan ketadi?!

Alisher
31 dek 2020, 17:12
"Milan" forvardi Kshishtof Pyontek boshqa klubga o'tishi mumkin.

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Kshishtof Pyontek "Roma"ga o'tishga qarshi emas.

Polshalik futbolchi "Milan"ga Zlatan Ibragimovich kelganidan so'ng jamoadagi o'rniga shubha bilan qaramoqda.

Pyontek "Milan"ga shu yili "Jenoa"dan o'tgan edi. U 2018 yildan buyon Polsha terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira