Pyontek "Chelsi"ga o'tishi mumkin

Alisher
27 yanv 2020, 15:57
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pyontek "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

24 yoshli polshalik futbolchining agenti o'z mijozini "Chelsi"ga taklif qildi.

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard esa forvard Temmi Abraxamga sherik topishni xohlamoqda.

Pyontek 2019/20 yilgi mavsum 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etgan.

Takidlash kerakki, forvard "Milan"ning oxirgi 3ta o'yinida qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport