Pyatov Shovkovskiyning antirekordidan o'zib ketdi

Mirjalol Normatov
15 noya 2020, 10:36
Ukraina termasi posboni Andrey Pyatov Millatlar ligasi doirasida Germaniyaga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

Darvozabon ushbu uchrashuvda 71, 72 va 73-gollarni o'tkazib yubordi - bu termadagi antirekord hisoblanadi. Pyatov termada 96-o'yinida ishtirok etdi.

Oldingi antirekord Aleksandr Shovkovskiyga tegishli edi. U Ukraina termasi libosida 92 o'yinda qatnashib, 71 marta gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA