Andrey Pyatov: "O'yin "MYU"ning goligacha davom etti xolos"

Tolibjon Qosimov
11 dek 2013, 12:05
"Shaxtyor" darvozaboni Andrey Pyatov "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin, o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashib, raqib goli jamoasi o'yinini sindirganini ta'kidladi.
"O'yin urilgan golga qadar davom etti, deb  aytish mumkin. Bu gol "Shaxtyor" o'yinini sindira oldi. Havodan to'p uzatildi. Kimdir ulgurmadi, kimdir noto'g'ri joy tanladi. Raqib zarba yo'llab, o'yin taqdirini hal qildi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshlagandik. Biroq, aytib o'tganimdek, o'yin bitta golgacha bo'ldi", dedi darvozabon.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru