Pulishichga uni Azar bilan solishtirishayotganliklari yoqmayapti

Alisher
20 iyul 2019, 17:32
"Chelsi"ning yangi o'yinchisi Kristian Pulishichga uni londonliklar sobiq yarim himoyachisi Eden Azar bilan taqqoslayotganliklari yoqmayapti.

- Men bu erga meni kim bilandir solishtirishlari uchun kelganim yo'q, - deydi Pulishich. Albatta, Eden - klub uchun ko'p mehnat qilgan ajoyib futbolchi. U o'tgan mavsumni shunchaki dahshatli o'tkazdi.

Mendan o'zimning darajamni yangi klubimda ko'rsatishim talab etiladi. Maydonda nimaga qodir ekanligimni ko'rsataman.

20 yoshli AQSH terma jamoasi o'yinchisi "Chelsi"ga shu yozda Dortmundning "Borussiya" klubidan kelib qo'shilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Pulishich "Borussiya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports