"PSJ" Messi uchun 250 million evro berishga tayyor
25 yanv 2014, 19:17
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 250 million evro evaziga "PSJ"ga o'tishi mumkin, deya xabar bermoqda Goal.com.
Argentinalik futbol yulduzining shartnomasida, uni "Barsa"dan ketishi uchun aynan mana shu summa berilishi lozimligi ko'rsatib qo'yilgan va parijliklar bu shartni bajarishga tayyor ekanliklari ma'lum qilinmoqda.