

Liga 1ning 29-turida PSJ o'z maydonida "Lion"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Parijliklar 2023 yilning 18 o'yinidan 8tasida mag'lubiyatga uchrashdi. Bunday vaziyat qatarliklar 2011 yil kelganidan beri ilk marotaba sodir bo'lmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Chempionlar ligasida "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Galtega nisbatan paydo bo'lgan shubhalar "Lion"ga qarshi bahsdan so'ng kuchayib ketdi. Biroq hozircha PSJ bosh murabbiyi borasida qaror qabul qilinmagan.
Galtening keljagi jamoaning "Nicca" va "Lans"ga qarshi o'yin natijalariga bog'liq.


