PSJga Gvardiola kerak

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 12:42
PSJ "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Daily Express" xabariga ko'ra, Fransiya klubi uning "Manchester Siti"dagi maoshidan ham ko'proq pul to'lashga tayyor. Hozirgi paytda PSJ ustozi Tomas Tuxelga "Bavariya" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Ispaniyalik mutaxassis Fransiyada germaniyalikning o'rnini egallashi mumkin.

Oldinroq 2021 yilga qadar shartnomasi bo'lishiga qaramasdan Gvardiola ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin degan xabarlar tarqagandi.

Ayni damda "shaharliklar" APLning 2-jamoasi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express