“Real” Mbappe uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

26 okt 2019, 08:00
AS xabariga ko'ra, “Real” 2020-yil yozida PSJdan Kilian Mbappeni sotib olishga qattiq bel bog'lagan.

“Real” prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi Mbappeni Madridda ko'rishni xohlamoqda. Buning uchun u PSJga 260 mln evro to'lashga tayyor.

Mbappe joriy mavsum Liga 1 doirasida 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS