PSJ Shkrinyarni yanvarda qo'lga kiritmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023, 12:00
Parij klubi yozgacha kutishni istamaydi.

"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar ushbu transfer oynasida PSJga kerak.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Parij klubi Shkrinyarni mavsum oxirini kutmasdan, yanvarda sotib olishni maqsad qilgan.

Manbaga ko'ra, PSJ bu oy futbolchi uchun 10 million evro taklif qiladi.

27 yoshli Shkrinyar joriy mavsum "Inter" safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato