PSJ Salohning transferi barbod bo'lgani sababli bosh nomzodga e'tiborini qaratdi

Alisher Ostonov
13 apr 2025, 15:58
PSJ mavsum yakunlangach, Magn Akliushni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Parijliklar kuni kecha "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirgan Muhammad Salohning transferi barbod bo'lgach, "Monako" xavbeki variantiga o'tishdi.

Akliushga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Fransiya olimpiya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi Liga 1 joriy mavsumida 27 o'yinda 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: getfootballnewsfrance.com