PSJ "Real"ning Mbappe bo'yicha bergan 170+10 mln evrolik taklifini rad etdi va uchinchisiga umid qilmoqda

Alisher
28 avg 2021, 07:47
PSJ forvardi Kilian Mbappening kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Parij klubi "Real"ning 22 yoshli francuz bo'yicha bergan 170 mln evro va 10 mln evrolik bonuslar taklifini rad etdi.

Madridliklar ilk bor o'yinchini 160 million evroga xarid qilishni xohlashgan, ammo rad javobini olishgandi. Xabarlarga ko'ra, ikkinchi taklif so'nggisi bo'lgan.

Sky Sports jurnalisti Kave Solxekolning ma'lumotiga ko'ra, kechagi ijobiy muzokaralardan so'ng bitim yopilmagan. "Real" esa yanvargacha kutish yaxshiroq ekanligini his qilishni boshladi, sababi PSJ to'g'ri harakat qilmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GFFN