PSJ - "Real" uchrashuvini kim boshqaradi?

Aslanov Jasurbek
4 mar 2018, 15:58
UEFA rasmiy sayti PSJ hamda "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishlaydigan hakam nomini e'lon qildi.

Parijda o'tadigan o'yinni nemis referisi Feliks Brix boshqaradi. Unga qanotlarda Marko Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. Hakamning darvoza ortidagi assistentlari - Bastian Dankert va Marko Fritc. O'yinning to'rtinchi referisi Markus Xaker bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, PSJ - "Real" uchrashuvi 6 mart kuni o'tkaziladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 3:1 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA