PSJ prezidenti: "Klubdagi o'zgarishlar? Tuxelga ishonaman, ko'ramiz, u qanday qaror qabul qilar ekar"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019, 18:45
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o'yinida "Manchester Yunayted" uchralgan mag'lubiyatdan (1:3) so'ng, jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga ishonishini ta'kidladi.

"Yaqin vaqt ichida klubda o'zgarishlar bo'ladimi? Men murabbiyga ishonaman. Ko'ramiz, u qanday qaror qabul qilar ekan. Ammo hozir mag'lubiyatga bog'liq tezkor harakatlarga qo'l urmaymiz. O'zimizga kelganimizdan so'ng qaror qabul qilishimiz lozim. Hozir buning uchun eng qulay payt emas. O'zimizga kelib, murabbiy nima istashini ko'rishimiz kerak. Bu juda muhim" - deydi Al-Helayfi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe