

Dushanba kuni Neymar PSJdan ketmoqchiligini ma'lum qilgandi.
AS nashrining xabariga ko'ra, Neymar iyun oyidayoq PSJdan ketishga qaror qilgan. Bunga esa klub muxlislari futbolchi uyiga kelib norozilik namoyishlari o'tkazgani sabab bo'lgan. Natijada, PSJ o'yinchiga uni 150 million evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgan.
Parij klubi maoshga sarflanadigan xarajatni tejab qolish maqsadida, forvardni ijaraga berishga ham tayyor. Biroq ijaraga oluvchi tomon keyinchalik Neymarni 150 million evroga sotib olishni ham o'z bo'yniga olishi belgilab qo'yiladi.
Takidlanishicha, PSJ rahbarlari Neymarning kutilmagan qaroridan qattiq ranjigan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergandik.



