PSJ Neymarga nisbatan chora ko'radi

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2019, 22:47
Braziliyalik forvard Neymar PSJning mavsumoldi yig'inlariga kelmagani uchun jamoa unga nisbatan intizomiy chora ko'rishini ma'lum qildi.

Dushanba, 8 iyulda, Neymar PSJning mavsumoldi mashg'ulotlariga qaytishi kerak edi. PSJ Neymarning belgilangan joyga kelmaganini ma'lum qiladi. Bu klubning ruxsatisiz amalga oshirildi. Jamoa mazkur yuzaga kelgan vaziyatdan afsuslangan holda belgilangan tartibdagi choralarni ko'radi – deyiladi parijliklarning rasmiy saytida.

Avvalroq, Neymar Barselonaga qaytishini tezlashtirish uchun Kataloniyaga bormoqchiligini ma'lum qilgandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: PSG.fr