PSJ muxlislari boshlig'i: "Biz Neymar ham Messi ortidan ketishini xohlaymiz"

Sherzod Nurmatov
6 may 2023, 10:58
PSJ muxlislari birlashmasi prezidenti Romen Mabil parijliklar jamoasining ikki yulduzi haqida gapirdi.

"Messi PSJni tark etmoqchi va biz Neymarga aytmoqchimizki, u ham klubni tark etsa yaxshi bo'lardi.

Neymarni xafa qilishni xohlamaymiz. Biz u faoliyatini Parijdan uzoqda davom ettirishini istaymiz. Boshqa davrga o'tmoqchimiz. Hozirgi paytda o'yinchilar xohlagan narsasini qilishmoqda. Biz rivojlanishni va o'yinchilar bilan yangi sahifa yozishni istaymiz", – dedi Mabil francuz nashriga.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien