PSJ Mbappeni sotsa, o'rniga kimni olib kelishi ma'lum

16 may 2021, 09:26
“Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini PSJda davom ettirish mumkin, deya xabar bermoqda L'Équipe.

Polshalik hujumchi yangi jamoasini tanlash borasida aniq bir qarorga kelgani yo'q. PSJ futbolchi uchun yaxshi variant sifatida aytilmoqda. Ammo parijliklar Kilian Mbappeni sotib yuborishsagina uning o'rniga Levandovskini taklif qilish niyatidalar.

Ilgariroq Robertning xizmatlariga “Real” qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Myunxen klubi hujumchini 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Germaniyaliklar koronavirus pandemiyasi bois klubda yuzaga moliyaviy inqirozni hujumchining transferi orqali yopishmoqchi. Shuningdek, Levandovskining xizmatlariga yana bir qator klublar qiziqish bildirishmoqda.

Levandovski 2014 yildan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u Bundesligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Équipe