PSJ Krishtianu Ronalduga qiziqishni tikladi

Alisher
11 okt 2020, 17:17
"Pari Sen-Jermen" 2021 yilning yozida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Turin klubi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, PSJ esa bundan foydalanib qolmoqchi va Krishtianuni Fransiyaga taklif qilmoqchi.

Parijliklarning qiziqishiga qaramay, portugaliyalik futbolchi shartnomani so'nggiga qadar "Yuve"da o'ynamoqchi. Uning Turin klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Forvardning maoshi yiliga 31 million evroni tashkil etadi.

Ronaldu "Yuventus"ga 2018 yilning yozida Madridning "Real" klubidan 117 million evro evaziga o'tgan edi. 35 yoshli forvard o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.it