

Kubo 2011-yilda Barselonaning taklifiga binoan klubning yoshlar jamoasi tarkibiga borib qo'shilgan. Biroq, 4 yil oldin FIFA tomonidan kataloniyaliklarga qo'yilgan taqiq sabab, u jamoa akademiyasini tark etishga majbur bo'lgandi. Ko'k-anorranglilar futbolchini hozirgi kunda ham kuzatib bormoqda. Hujumkor yarimhimoyachining o'yin uslubi Messinikiga o'xshash bo'lib, unga Real tomonidan ham qiziqish bo'lmoqda. PSJning sport rahbari Antero Enrike yaponiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishib, uni Fransiyaga olib kelmoqchi.
Aytish joizki, Takefusa Kubo ayni vaqtda Yaponiyaning Tokio klubi sharafini himoya qiladi. U mamlakat chempionatining 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta pas berishga erishgan.



