PSJ Kloppni nishonga oldi

Mirjalol Normatov
22 mar 2018, 18:18
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"Le Parisien" nashri xabariga ko'ra, PSJ rahbariyati ushbu mutaxassisning xizmatlariga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Kloppning Mersisayd jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Oldinroq PSJdagilar Luis Enrike, Antonio Konte va Joze Mourinyolar bilan muzokara o'tkazgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien