PSJ Ikardini "Yuventus"ga qo'yib yuborishga tayyor

Alisher
25 dek 2021, 12:50
PSJ forvardi Mauro Ikardi Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

28 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda. Parijliklar asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar.

Shu bilan birga, francuz klubi Ikardini sotmoqchi va bitimga "Yuventus" o'yinchisi qo'shilishini ko'rib chiqmayapti.

Ikardi joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes