PSJ himoyachisi “Yuventus”ga o'tmaydigan bo'ldi

24 may 2019, 09:25
Braziliyalik Markinos PSJda qoladi.

PSJ himoyachisi Markinos jamoadan kyetmaydi. Bu haqda uning akasi Luan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

“Markinos boshqa jamoa bilan kelishuvga erishmadi. U PSJda baxtli”,- deb yozadi Luan. 

Avvalroq futbolchi “Yuventus”ga o'tishga rozilib bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Liga 1’da futbolchi joriy mavsum 29 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta assistni amalga oshirdi. Himoyachi 2013-yildan beri Parij klubi safida harakat qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24