PSJ yetakchisi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2019, 12:55
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, italiyalik futbolchi Fransiya chempionatining 21-turi doirasida "Gengam"ga qarshi bahsda jarohatlangan. Uning to'pig'i qattiq lat egani bois kamida 3 haftani o'tkazib yuboradi.

PSJ 12 fevral kuni YCHLning 1/8 finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashadi.

Verratti bu mavsum PSJ tarkibida 21 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport