PSJ "Arsenal"ning ispaniyalik futbolchisini sotib olmoqchi

20 yanv 2021, 03:15
Bu haqda Italiyaning "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.

Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda. Ispaniyalik himoyachining xizmatlariga "Pari-Sen Jermen" rahbariyati qiziqib qolgan. Francuz jamoasi 25 yoshli o'yinchi uchun 28 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qildi. 

Belerin uchun "Barselona" va "Yuventus" ham da'vogarlik qilmoqda. U "to'pchilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, 2013 yildan buyon asosiy jamoa sharafini himoya qilib kelyapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato