PSJ A Seriya murabbiyiga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
17 mar 2018, 16:10
PSJ rahbariyati "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Fransiya klubi rahbariyati joriy mavsum oxirida klubning hozirgi ustozi Unai Emerini ishdan olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ rahbariyati oldinroq "Barselona" sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike va "Chelsi" ustozi Antoni Konte nomzodlarini ko'rib chiqqan.

Allegri 2014 yildan beri "Yuventus"da ishlamoqda. Bu vaqt ichida u uch marta A Seriya chempioni bo'ldi, ikki marta "Yuventus"ni Chempionlar ligasi finaligacha olib chiqdi. Rad javobini olganiga qaramasdan PSJ rahbariyati uni murabbiylikka olib kelishga ko'ndirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport