Prevyu. So'g'diyona - Metallurg

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 10:17
“So'g'diyona” va “Metallurg” oliy ligada 23 bora to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda.
So'g'diyona (Jizzax) – Metallurg (Bekobod)
5 oktyabr. Zomin. “Zomin” stadioni. 16:00
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), U. Karimov (Andijon), R. G'ofurov (Namangan), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

“So'g'diyona” ham, “Metallurg” ham 9 martadan g'alabaga erishishgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 32ta gol urgan, “Metallurg” futbolchilari 28 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. O'zaro o'yinlarda jamoalar 32tadan ochkoga ega bo'lgan. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 3:1ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0 bo'lib turibdi.

Birinchi davrada “Metallurg” irodali g'alabaga erishgan. O'yinda Orif Mamajonov hisobni ochgandi. Ammo Shaxzodbek Nurmatovning dubli “Metallurg”ga uch ochko keltirgandi – 2:1.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
13.08.2011 So'g'diyona - Metallurg 3:1
12.09.2009 So'g'diyona - Metallurg 3:2
25.10.2008 So'g'diyona - Metallurg 1:2
28.06.2006 So'g'diyona - Metallurg 1:0
10.04.2005 So'g'diyona - Metallurg 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida bo'lib o'tgan o'yinlarning 7tasida g'alaba qozongan. 2ta bahsda durang qayd etilgan. “Metallurg” ikki bor mehmonda muvaffaqiyat qozongan. Oxirgi ikki o'yinda “So'g'diyona” g'alaba qozongan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia