Prevyu. "Obod" - "Buxoro"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2016, 09:20
Oliy liga debyutanti "Obod" klubi o'z maydonidagi ilk uchrashuvni "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.

Obod (Toshkent) – Buxoro (Buxoro)
12 mart 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00
Hakamlar:  V. Agishev (Toshkent),  R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
 
Bu jamoalar oliy ligada ilk bor to'qnash kelishadi. Sababi "Obod" o'z tarixida ilk bor oliy ligada ishtirok etmoqda. Toshkentning “Obod” klubi oliy ligadagi o'z maydonidagi dastlabki uchrashuvni “Buxoro”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkentdagi “Jar” stadionida bo'lib o'tadi. Birinchi turda “Obod” Qo'qonda mehmon bo'lib 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. “Buxoro” esa dastlabki turda o'z uyida “Olmaliq”ni 2:0 hisobida taslim qildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia