PREVYU. NASAF - NAVBAHOR

Narzulla Saydullayev
23 okt 2013, 10:18
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 33 bor kesishgan.
Nasaf (Qarshi) – Navbahor (Namangan)
23 oktyabr. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 17:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), N. Meshkov (Samarqand)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

 Ustunlik “Nasaf” tomonida. 17ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib bo'lgan. Etti uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati esa “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 54ta gol kiritib o'z darvozalaridan 51 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Ajdarlar” 58 ochkoni, “Navbahor” esa 34 ochkoni qo'lga kiritgan. 

“Navbahor” oliy ligada “Nasaf” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Nasaf”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.

4-turda “Navbahor” uyida bo'lib o'tgan uchrashuvda mehmonlar Shohruh Gadoev va Ilhom Shomurodovning urgan gollari evaziga zafar quchishgan. Uchrashuv so'nggida Ro'zim Ahmedov penaltidan hisobni qisqartirgandi – 1:2.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.05.2012 Nasaf - Navbahor 1:1
25.08.2011 Nasaf - Navbahor 3:2
19.09.2010 Nasaf - Navbahor 1:0
18.04.2009 Nasaf - Navbahor 1:0
25.10.2008 Nasaf - Navbahor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” oliy ligada 16ta o'yindan buyon “Nasaf”ni mag'lub eta olmay kelmoqda. Oxirgi marta “lochinlar” 2005 yil “Nasaf”ni taslim qilishgandi – 2:1. “Nasaf” bu raqibni o'z maydonida 13 marta mag'lub eta olgan. Qarshida bir marta durang kuzatilgan. “Navbahor” 1998 va 1999 yillarda “Nasaf” maydonidan uch ochko bilan qaytishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia