Postekoglu: "Diasning hisoblanmagan goli - mening qarorim emas"

Mirjalol Normatov
1 okt 2023, 11:52
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

Bahsning 96-daqiqasida Joel Matip tomonidan kiritilgan avtogol bilan "Tottenxem" 9 kishilik raqibini mag'lub qildi.

"Bahs yakuni uchrashuvning barcha ishtirokchilariga jiddiy ta’sir o'tkazdi. Bu o'yin - biz uchun katta chaqiruv. Bunda biz bir qator muammolarni bartaraf qilish bilan ko'p kurashdik va o'yinimizning boshqa tomonlarini ochib bera oldik. Jamoam ikkinchi bo'limda munosib o'yin ko'rsatdi deb hisoblayman.

Ayni damda biz qanday o'ynashni istayotganimiz va shunday o'yinni ko'rsatayotgan jamoa sifatida bo'lib turibmiz. Diasning goli? Bu mening qarorim emas. Bu hakamlarning qarori. Agarda ular xato qilishgan bo'lishsa, tushuntirish berishsin va bundan "Liverpul" xafa bo'lsin. Bu qarorning menga va bizga hech qanday aloqasi bo'lmaydi", - dedi Postekoglu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC