

Bu haqda Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, murabbiy bilan shartnoma o'zaro kelishuv asosida bekor qilingan. Ozarbayjon terma jamoasi navbatdagi o'yinini 9 sentyabr kuni o'tkazadi, ozarbayjonliklar JCH-2026 saralashi doirasida Ukraina termasini qabul qiladi. Ozarbayjon terma jamoasi saralash turnirining ilk uchrashuvida mehmonda islandiyaliklarga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Santush 70 yoshda, u Ozarbayjon terma jamoasini 2024 yildan buyon boshqarib keladi. Bungacha u Portugaliyaning "Portu", "Sporting", "Benfika", Gretsiyaning AEK, PAOK va "Panatinaikos" jamoalarini boshqargan, shuningdek, Portugaliya, Gretsiya va Polsha terma jamoalarida faoliyat yuritgan. Portugaliya terma jamoasi uning qo'l ostida 2016 yil ilk bor Yevropa chempioni bo'lgan, 2019 yilda esa Millatlar Ligasida g'olib chiqqan edi.



