Portugaliya UEFA koefficientlar jadvalida Rossiyadan o'tib ketdi

Alisher
24 okt 2019, 11:03
YCHL 3-tur doirasida bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Portugaliya UEFA koefficientlar jadvalida Rossiyadan o'tib ketdi.

Ushbu turda "Lokomotiv" "Yuventus" (1:2)ga, "Zenit" "Leyptsig" (1:2) yutqazib qo'ydi. "Benfika" esa "Lion" (2:1) ustidan zafar quchdi.

Rossiyaliklar shundan so'ng 7-o'ringa tushib qolishdi, Portugaliya esa aksincha bir pog'ona yuqoriladi.


UEFA koefficietlar jadvali:

1. Ispaniya - 90,283

2. Angliya - 78,748

3. Germaniya - 61,784

4. Italiya - 61,082

5. Fransiya - 52,248

6. Portugaliya - 43,849

7. Rossiya - 43,549

8. Belgiya - 35,300

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com