Portugaliya chempionati. Pepe jarohat olgan bahsda “Portu” peshqadamni taslim etdi

9 fev 2020, 09:34
Portugaliya chempionatining 20-turidan o'rin olgan markaziy bahs – “Portu”-“Benfika” bellashuvi gollarga boy bo'ldi.

“Dragau” stadionida kechgan bellashuvda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi. Bellashuv 3:2 hisobida “Portu”ning g'alabasi bilan yakun topdi. Bellashuvning 68-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Pepe jarohat olib maydonni tark etdi.

Ushbu mag'lubiyatga qaramay “Benfika” chempionat turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda. “Portu” peshqadamdan to'rt ochko ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia