"Portu" "Real"dan Kazemironi ijaraga oldi

Aziz Tukhtamuradov
19 iyul 2014, 17:49
"Real" futbolchisi Kazemiro faoliyatini ijara asosida "Portu"da davom ettiradi.

Bu haqida portugaliyaliklar jamoasi rasmiy sayti xabar qilmoqda.
"Portu" 22 yoshli braziliyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi.

2015 yilning yozida ema portugaliyaliklar futbolchini sotib olish huquqiga egalar.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga shuningdek, "Inter" va "Benfika" jamoalari tomonidan qiziqish bildirilayotgan edi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru