"Sanderlend" bosh murabbiyi Gustavo Poyet "qora mushuklar" bilan kelishuvni uzaytirdi.
Murabbiy klubda 2016 yilga qadar ishlaydi. Poyet "Sanderlend" boshchiligida jamoa 2013-14 yilgi mavsum oxirini ajoyib o'tkazdi. Klub APLda o'z o'rnini saqlab qoldi va Liga kubogi finaliga chiqdi.