Pogbaning JCH-2022da ishtirok etish imkoniyati deyarli yo'q. U jarohati sabab uch haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
31 okt 2022, 20:58
Pol Pogba jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus" yarim himoyachisi uzoq vaqt o'yin amaliyotisiz qolganligi sababli son mushaklaridan jarohat olgan. 

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachi taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. 2022 yilgi jahon chempionati boshlanishiga qadar u tiklanishga ulgurmaydi.

Taxminlarga ko'ra, Pogbaning turnirda ishtirok etish imkoniyati nolga teng.

JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Jamoalar yakuniy qaydnomalarini 13 noyabrgacha topshirishlari kerak.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe