

"Daily Mail" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi Sport Arbitraj sudida diskvalifikaciyasini qisqartirish bobida so'rov bilan chiqdi va bunda g'olib bo'ldi.
Tasdiqlanishicha, fransiyalik futbolchi yanvar oyida mashg'ulotlarga qaytadi. Rasmiy o'yinlarda maydonga tushish imkoniyati esa mart oyidan paydo bo'ladi. Shuningdek, futbolchi to'lashi kerak bo'lgan jarima ham bekor qilindi.
Ma'lumot uchun, doping bilan qo'lga tushgan Pogba shu yilning fevralida 4 yilga futboldan chetlatilgandi.



