

"Uning ruxiy holati meni hayron qoldirmoqda. Pogbaning ajoyib qobiliyati hali raqiblarga istalgancha qiyinchilik tug'dira oladi. Oyoqqa turganidan keyin u faqatgina oldinga harakatlanadi va ortga qaramaydi.
Hozir esa unga tiklanish uchun vaqt kerak. U tayyor bo'lganida qaytadi. Pol o'tgan ishlarni deb, to'xtab qoladigan insonlardan emas. U faqatgina kelajagi borasida o'ylaydi. Shu sababli u "Yuventus"ga hali ko'p narsalarni bera olishiga ishonmoqda", - dedi futbolchining agenti Rafaela Pimenta.



