Pogbaning agenti ikki klub bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
9 may 2020, 16:07
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola ikki klub bilan muzokaralar olib bormoqda.

Rayola o'z mijozining xizmatlarini Turinning "Yuventus" klubiga taklif qilgan va klub sport direktori Fabio Paratichi bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazgan.

Shu bilan birgalikda, Mino Rayola Pogbaning ehtimoliy transferi borasida PSJ rahbariyati bilan ham aloqada bo'lib turibdi.

Fransiyalik futbolchining transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.


AlisherMuallif
Manba: SoccerLink