Pogba: "Raqsga tushishni yaxshi ko'raman, ammo maydonda doimo jiddiyman"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Rio Ferdinand tanqidiga javob berdi.

Fevralda Ferdinand "Xall Siti"ga qarshi bahs oldidan (0:0) raqsga tushib, uni "Tvitter"ga qo'ygani uchun fransiyalikni tanqid qilgan edi.

"Maydonda sodir bo'ladigan voqea o'sha erda qoladi, uning tashqarisidagi esa tashqarida. Hayotni yaxshi ko'raman, raqsga tushish yoqadi. Maydonda bo'lsam, bu menga ta’sir qilmaydi, hozir shunday vaqt.

Masalan, AQSHda basketbolchilar musiqa eshitishadi. Maydonga chiqayotganimda doimo jiddiy va bor e'tiborimni o'yinga qaratgan bo'laman. Ferdinandning so'zlarini maslahat kabi qabul qildim, chunki MYU - yirik klub. U bilan suhbatlashdim, unga raqsdagi manoni tushuntirdim. Shunchaki biz boshqa davrdanmiz, bunda yomon narsa yo'q" - deydi Pogba.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph