Pogba operaciya qilinadi

Mirjalol Normatov
5 sen 2022, 23:12
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba jarrohlik stoliga yotadi.

Fransiyalik futbolchi jamoa tarkibida iyul oyida jarohat olgandi. Avvaliga u jahon chempionatiga borolmaslik xavfi sababli operaciya qilishni istamagandi. Biroq so'nggi paytlardagi davolanish jarayonlari muvaffaqiyatli kechmagani uchun xavbek operaciya qilishga rozilik bergan.

Shu orqali Pogbaning maydonga qaytishi uchun 6 hafta kerak bo'ladi. Klub tomonidan bu boradagi rasmiy bayonot keyinroq ma'lum qilinadi.

Fransiya termasi xavbeki 20 noyabr kuni start oladigan jahon chempionati uchun tayyor holatda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal