

28 yoshli futbolchi klub tomonidan taqdim qilingan shartnomaga qo'l qo'yishni istamagan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar unchalik yaxshi tarzda davom etmayapti. Futbolchi esa jamoadan ketishni istamoqda.
Navbatdagi yozda Pogba erkin agentga aylanadi. Shu boisdan MYU futbolchisini ushbu yozda pullab yuborishni rejalashtirmoqda. Ayni damda unga PSJ tomonidan ham qiziqishlar bor. Ammo parijliklar ham futbolchini erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishni ko'zlab turibdi.



