Pogba Fransiya chempionatiga qaytishga yaqin

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024, 14:20
Yarim himoyachi Pol Pogba diskvalifikaciyadan keyin Fransiya chempionatiga qaytishga yaqin.

AS nashri xabariga ko'ra, futbolchiga "Marsel" qiziqmoqda.

Fransiya klubi "Yuventus" Pogba bilan shartnomani bekor qilishiga umid qilmoqda. Bunday holatda "Marsel" futbolchi bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzadi.

Pogbaning o'zi "Marsel" rahbariyati bilan dastlabki muzokarani o'tkazgan. Oldinroq unga MLS klublaridan qiziqish borligi ma'lum qilingandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com